Har bir modelimiz puxta o‘ylangan yechimdir. Biz an’anaviy uslubni zamonaviy minimalizm bilan uyg‘unlashtirib, har qanday tadbirga mos vizual yechim yaratamiz.
Chinara Craft - bir qarashda kichik, ammo katta ma’no-mohiyatga ega g‘oyadan boshlangan — an’anaviy o‘zbek madaniyatining nazokatini zamonaviy dizayn va sifatli modellar bilan uyg‘unlashtirish.
2014-yil bizning safarimiz qo‘l mehnatiga asoslangan kichik ustaxonadan boshlangan. Har bir maxsulotimizga mas'uliyat bilan va har bir detalga e’tibor bergan holda mexr ila yaratilardi. Biz uchun qutilar oddiy o‘ram emas, balki tantana kayfiyatini yaratadigan, tadbirning o‘ziga xosligini namoyon etuvchi muhim bir qism edi.
Vaqt o‘tishi bilan Chinara Craft mahsulotlari insonlarning eng muhim kunlariga hamroh bo‘la boshladi: beshik to‘y, oq o‘rar, nikoh, fotiha va oilaviy bayramlar. Mijozlarimizdan bizga ishonch — biz esa har bir an’anani hurmat bilan aks ettirdik.
Bugungi kunda Chinara Craft — bu zamonaviy yondashuv, ilg'or texnologik baza, nafis dizayn va funksional yechimlarni birlashtirgan jamoadir. Biz doimo yangi modelllar yaratamiz, dizaynlarni takomillashtiramiz va har bir mehnat xosili orqali uyingizga quvonch olib kirishga intilamiz.